20:40 / 11.11.2021
3 190

"Nasaf"ning katta murabbiyi Termizda qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba va Bahrayndagi mag‘lubiyat haqida

"Nasaf"ning katta murabbiyi Termizda qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba va Bahrayndagi mag‘lubiyat haqida
Coca-Cola Superliganing qoldirilgan 19-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Nasaf” (2:2) uchrashuvidan so‘ng, qarshiliklar katta murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bugun qiziqarli bahsga guvoh bo‘ldik. Hisobda oldinga borayotgan vaqtimizda xotirjamlikka berildik va bu bizga qimmatga tushdi.

Endi keyingi bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Bizni oldinda Superligada uchta va O‘zbekiston Kubogi yarim final bahslari kutib turibdi. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Biz sovrinli o‘rinlar uchun oxirigacha kurashamiz.

- “Nasaf”ning Bahrayndagi mag‘lubiyati bugungi o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdimi?
- Yo‘q, yigitlar bugungi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgandi. OFK Kubogi finali tarixda qoldi. Bahrayndagi final yigitlarga katta maktab vazifasini o‘tadi.

“Nasaf” matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning katta murabbiyi Termizda qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba va Bahrayndagi mag‘lubiyat haqida