00:59 / 13.11.2021
1 930

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati boshlandi

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati boshlandi
Foto: «Uza.uz»
12 noyabr kuni poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start berildi. 46-marotaba tashkil etilayotgan mazkur chempionatda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 400 nafarga yaqin sambochi medallar uchun bahs olib boradi.

Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib O‘zA xabar berdi.

Uch kun davom etadigan musobaqada erkaklar, ayollar hamda jangovar sambo yo‘nalishlarining har birida 7 tadan vazn toifasida jami 21 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.

«Yunusobod» sport majmuasida jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdyakov ishtirok etdi.

«Bugungi kunda O‘zbekiston sambochilari nafaqat Osiyo, balki jahonda ham yetakchi o‘rinlarda e’tirof etilmoqda. Jumladan, shu yil oktabr oyida Gretsiya davlatida bo‘lib o‘tgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida sportchilarimiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

O‘z navbatida yurtimizda sambo sportiga berilayotgan e’tiborni yuksak darajada baholab, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirganligi uchun Xalqaro sambo federatsiyasiga minnatdorlik bildiramiz», – dedi A.Abduhakimov.

12 noyabr kuni ishtirokchilar har uchala yo‘nalishda 7 ta vazn toifasida bellashdi. Hamyurtlarimiz orasidan faqat ayollar o‘rtasida -50 kilogramm vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Sabina Davlatova finalga yetib bordi.

U hal qiluvchi bahsda belaruslik sportchiga so‘nggi daqiqada yutqazib qo‘ydi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bugungi bellashuvlarda -59 kilogramm vazn toifasida Ibodatxon Agojonova hamda jangovar sambo bo‘yicha +98 kilogramm vaznda Hakimjon Ismoilovlar bronza medali bilan taqdirlanishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati boshlandi