
Professional boksning o‘rta vazn toifasida Hayme Mungiya (38-0, 30KO) va Sergiy Derevyanchenko (13-3, 10KO) WBC jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangi sifatida tasdiqlandi. Jang g‘olibi chempion Jermall Charloga majburiy da’vogar bo‘ladi.
76 kg vaznda mutlaq jahon chempioni Saul Alvares (57-1-2, 39KO) WVCga so‘rov yo‘llab, 91 kg vaznda WVC jahon chempioni Ilunga Makabuga (28-2, 25KO) o‘zini da’vogar deb e’lon qilinishi, so‘ngra jang qilish taklifi bilan murojaat qildi. WVC buni qo‘llab quvvatladi. Demak, Saul Alvaresning navbatdagi jangi katta ehtimol bilan 91 kg vaznda WVC jahon chempionlik kamari uchun bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar