Kecha yengil vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) va raqib chililik Xose Velaskes (29-6-2, 19 KO) 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan jang oldidan yakuniy matbuot anjumanida qatnashdi va bo‘lajak to‘qnashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
Murodjon Ahmadaliyev: «Jang koronavirus bilan kasallanganim sababli qoldirilganiga va Ronni Riosning virus yuqtirib olganligi sababli raqib almashtirilganiga qaramay, men bu jangga tayyorman. To‘qnashuv bo‘lib o‘tayotganidan juda xursandman. Raqibim ancha kuchli, men uni hurmat qilaman. Men yaxshi va ajoyib jang ko‘rsataman, kamarlarimni o‘zimda saqlab qolaman, shuningdek, ushbu vazndagi barcha kamarlarni birlashtirishga tayyorman».
Xose Velaskes: «Men bu jangga juda qattiq tayyorgarlik ko‘rganman, bu imkoniyatni 20 yil kutdim va jang kuni buni namoyish etaman. Ha, Ahmadaliyev zo‘r bokschi, lekin u mendek kuchli va g‘alabaga chanqoq bokschini hali uchratmagan». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi