16:48 / 20.11.2021
9 607

Superliga. AGMK muhim o‘yinda "Qo‘qon-1912"ni yenga olmadi

Superliga. AGMK muhim o‘yinda "Qo‘qon-1912"ni yenga olmadi
Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - AGMK uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda 2:2 hisobida jangovar durang qayd etildi.

O‘yinning 15-daqiqasida Boake hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Andrey Sidirov muvozanatni tenglashtirdi. 82-daqiqada Yo‘ldoshev yana olmaliqlarni oldinga olib chiqdi. Biroz o‘tib Yosovich o‘z goli bilan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ushbu natijadan so‘ng AGMK ochkolari sonini 47 taga yetkazib olib, 2-o‘rinni saqlab qoldi. 33 ochkosi bor qo‘qonliklar ayni damda 8-pog‘onadan joy olgan.

"Qo‘qon-1912" – AGMK 2:2
Gol
: Martin Boake 14 - 0:1, Andrey Sidorov 71 - 1:1, Bobur Yo‘ldoshev 82 - 1:2, Ivan Yosovich 84 - 2:2
"Qo‘qon-1912": 1.Muzaffar Abdullayev - 14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 70.Murod Xolmuhammedov, 33.Ivan Yosovich, 23.Aleksandr Merzlyakov (3.Bobur Akbarov 85) - 8.Farhod Bekmurotov, 15.Oybek Rustamov ( 99.Andrey Sidorov,65) - 22.Muhammadanas Hasanov (7.Asadbek Sobirjonov, 65), 91.Yakuba Bamba (20.Iqbol Malikjonov, 85), 13.Sardor Azimov (19.Suhrob Berdiyev, 76) - 10.Shohnazar Norbekov.
Zaxira: 96.Islom Abdullayev, 4.Ilhom Vahobov, 5.Slavko Lukich, 18.Anvar Xojimirzayev.
AGMK: 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliyev ( 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 76), 8.Bobur Yo‘ldoshev, 15.Abbos Otaxonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 22.Sanjar Shoahmedov ( 9.Zafar Polvonov, 76), 4.Mirjamol Qosimov - 17.Sanjar Tursunov (11.Murod Toshmatov, 90), 27.Martin Boake (18.Aleksandr Kasyan, 76), 10.Husniddin G‘ofurov (28.Shohruh Gadoyev, 86)
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 32.Suhrob Sultonov - 5.Dilshod Jo‘rayev, 42.Nodir Abdurazzoqov.
Ogohlantirish: Ivan Yosovich 17, Sanjar Tursunov 24, Oybek Rustamov 56.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport