13 214
Jasur Yaxshiboyev: Abramov va Arveladze bilan muammolar, Belarusda 5-6 barobar kam maosh olgani va «Real» maydonida urgan goli haqida
Moldovaning «Sherif» jamoasi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev «Sport» telekanaliga intervyu berdi. Unda futbolchi Yevropadagi faoliyati, «Paxtakor»dan ketish sababi va boshqa bir qator mavzular borasida gapirib o‘tdi.
«Real»ga qarshi o‘yin haqida
«Santyago Bernabeu»ni televizorlarda ko‘rib katta bo‘lganmiz. U stadionda o‘ynashni hamma orzu qiladi. Men o‘z orzumga yetishdim desam ham bo‘ladi, stadionda o‘ynadim, «Real»ga gol urdim.
Vadim Abramov bilan bo‘lgan muammolar haqida
Abramov bilan oramizda hech qanday muammo bo‘lmagan. Balki murabbiyning taktikasiga, o‘yin uslubiga mos tushmagandirman. Shuning uchun chaqiruvlar kam oldim, olsam ham juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim.
Klublar bilan kelishuvda nima muhimligi haqida
Klublar bilan kelishuvda o‘yin amaliyotini birinchi o‘ringa qo‘yaman. Pul muhim bo‘lmagan. Agar pul muhim bo‘lganida arab jamoalariga o‘tib ketgan bo‘lardim. Hozir ham menda moliyaviy tomondan yaxshi takliflar mavjud. Ularga doim rad javobini beraman. Chunki maqsadim Yevropa top-jamoalarida to‘p surish.
Shota Arveladze bilan kelishmovchilik haqida
Shota Arveladze qo‘l ostida «Paxtakor» safida o‘zimni ko‘rsatishga urindim. Murabbiy menga ishonch bildirdi. OCHLga saralash o‘yinida maydonga tushdim. O‘sha o‘yindan so‘ng oramizda tushunmovchilik kelib chiqdi. Tan olaman, maydonda o‘zimni ko‘rsata olmagandim, zaxiraga olinayotganimda Shota Arveladze qo‘l cho‘zgan paytida men indamasdan o‘tib ketganman. Shundan so‘ng mashg‘ulotlardan bir oyga chetlatildim, jarim to‘ladim. Kundan kunga munosabatlarimiz yomonlashgach, «Paxtakor»dan ketishga majbur bo‘ldim.
«Energetik-BGU» safiga o‘tgani haqida
Janubiy Koreyadan maoshi yaxshi takliflar bor edi, lekin agentim bilan maslahatlashib, «Energetik-BGU»ni tanlaganmiz. Maosh qiziqmas edi, Belarus bo‘lsa ham Yevropa muhiti bo‘lgani uchun o‘sha jamoani tanladim. Lekin sharoiti yaxshi emasdi, bizning ikkinchi ligamiz sharoiti u yerdagidan yaxshiroq qilingan. Ko‘pchilik bu ortga tashlangan qadam deb hisoblardi, lekin men adashmadim. Bu oldinga tashlangan qadam edi.
Maoshlar orasidagi farq borasida
Ochiqchasiga aytmayman, lekin «Energetik-BGU»da «Paxtakor»dagidan 5-6 baravar kam maosh olardim.
Yuriy Vernidub bilan munosabat haqida
Belarusda yarim yil faoliyat olib bordim, murabbiy o‘yinlarimni kuzatib borgan. Keyin meni Soligorskning «Shaxtyor»iga taklif qildi. Vernidub qo‘l ostida yaxshi o‘yinlar o‘tkazdim. Soligorskka borganimdan ikki oy o‘tib, Vernidub ketdi. Oradan bir muddat o‘tgach «Sherif» bosh murabbiyiga aylandi. U yerga meni ham taklif qildi.
«Sherif»ning Chempionlar Ligasidagi maqsadi haqida
Jamoa o‘z tarixida ilk bor nufuzli musobaqaga chiqdi. Buning o‘zi bir natija. Undan keyin «Real», «Shaxtyor» ustidan qozonilgan g‘alabalar ikki baravar xursandchilik bo‘ldi. Hozirgi maqsadimiz guruhdan chiqish. Buning iloji bor. Kamida Yevropa Ligasi yo‘llanmasi naqd qilindi, lekin biz pley-off yo‘llanmasi uchun harakat qilamiz.
Kelajakdagi rejalari haqida
Mavsum so‘ngiga qadar «Sherif»da ijarada o‘ynayman. Har bir o‘yinda o‘zimni ko‘rsatishni istayman. Asosiy maqsadim Yevropaning yaxshi jamoalarida to‘p surish. Qishki transfer oynasida jamoani o‘zgartirish niyatidaman. Hozirda bir nechta jamoalardan takliflar bor. Portugaliya klublari va boshqa mamlakat jamoalaridan qiziqish bor. Agentlarim bu borada shug‘ullanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi