"Cho‘qintirgan ota" "Manchester Yunayted"ni boshqaradi

"Cho‘qintirgan ota" "Manchester Yunayted"ni boshqaradi
Ralf Rangnik "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi. Germaniyada "cho‘qintirgan ota" laqabini olgan 63 yoshli mutaxassis MYU boshqaruviga keladi. Kelishuvga asosan u may so‘ngigacha menejerlik qiladi. Keyinchalik yana 2 yil maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.

Rangnik Germaniya klublaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish. Ayniqsa, u "Leypsig"ni Bundesligaga olib chiqqani ortidan mashhurlikka erishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning mehnat vizasi rasmiylashtirilmagani tufayli yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi o‘yinda jamoaga yordam berolmaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar