O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan AGMK - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Bugungi uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsam, "ajiotaj" guvohiga aylandik. Har ikki jamoa medal uchun kurashdi. Menimcha, o‘yin juda yaxshi bo‘ldi. Raqibda ham qulay imkoniyatlar yuzaga keldi va darvoza to‘sini qutqargan vaziyat ham bo‘ldi. Kamroq bo‘lsa-da, shogirdlarim ham xavfli hujumlar uyushtira oldi.
AGMK va "So‘g‘diyona" medal qo‘lga kiritdi. Demak, biz sovrinli o‘rinlarga ko‘proq loyik ekanmiz. Boisi, mavsum davomida kuchli uchlikda keldik. Olmaliqliklarni ketma-ket ikkinchi bor qo‘lga kiritilgan bronza medali bilan muborakbod etmoqchiman.
- Mavsum o‘rtasida "So‘g‘diyona" haqida yozilgan materiallardan so‘ng "Barchasini yil so‘ngida gaplashamiz" degan edingiz. Bu borada endi qandaydir fikrlaringiz bormi?
- To‘g‘risini aytsam, men u jurnalistni tanimayman, kim ekanligini ham bilmayman. Bu statistikani qayerdan olganidan ham xabarim yo‘q. Bunday ko‘rsatkichlarni odam istasa, kerakligicha topa olishi mumkin. Balki biz yomon jamoadirmiz. Lekin natija doim muhim bo‘lib kelgan.
Bu murabbiy sifatida ilk medalim. Menimcha, u eng esda qolarli, eng qadrlisi bo‘ladi. Bu yo‘lda yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda