
Italiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Roma" va "Torino" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 32-daqiqada Temmi Abraxam tomonidan urildi. Mixitaryanning uzatmasidan so‘ng hujumchi to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Rimliklar ustozi Joze Mourino bu bellashuvda legionerimiz Eldor Shomurodov xizmatidan foydalanmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin "bo‘rilar" ochoklar sonini 25taga yetkazib, 5-o‘rinni band etib turibdi.
"Roma" — "Torino" 1:0
Gol: 1:0 – 32 Abraxam.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Mxitaryan, Pellegrini (Karles Peres, 15; Kumbula, 90), Diavara, Dzanolo, Abraxam, El-Shaaravi (Vinya, 88).
Torino – Milinkovich-Savich, Singo, Djidji (Zima, 46), Buondjorno (Bazelli, 77), Bremer, Voyvoda (Dzadza, 77), Prat (Pyatsa, 77), Brekalo, Lukich, Pobega, Belotti (Sanabriya, 79).
Ogohlantirishlar: Zima (54), Rojer (90), Kumbula (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar