Joze Mourinoning “Roma”dagi ishlari o‘zi istagancha ketmayapti. Mavsum yakunida kuchli to‘rtlikka kirish vazifasini olgan rimliklar o‘z maqsadlaridan tobora uzoqlashib bormoqda. Xususan, “Bolonya”ga yutqazilgan uchrashuvdan keyin Joze Mourino “Inter” bilan bo‘lajak muhim uchrashuv oldidan jiddiy kadrlar muammosiga duch keldi.
4 dekabr kuni “Roma” o‘z arenasida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi “Inter”ni qabul qiladi. Raqib juda kuchli. Joze Mourino jamoa g‘alabasini ta’minlashda asosiy kuch bo‘lgan hujumkor futbolchilarining aksariyatidan foydalana olmaydi.
Birinchi navbatda, jamoa yetakchisi va sardori Lorenso Pellegrini jarohatidan qutilgani yo‘q. Markaziy hujumchi Temmi Abraxam Bolonyadagi bahsda bo‘lar-bo‘lmasga hakam bilan tortishaverib ogohlantirish oldi va sariq kartochkalari to‘planib qolgani evaziga “Inter”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
O‘zini ko‘rsata boshlagan va ikkita gol uchun ustozidan maxsus sovg‘a olgan ganalik forvard Feliks Afena-Gyan koronavirusga chalingan.
Jamoa motoriga aylanib qolgan hujumkor o‘yinchi Stefan El-Shaaravi “Bolonya”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida jarohat olib, o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi. Eng yomoni, keyinchalik chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv El-Shaaravining uzoq muddatga safdan chiqqanini ko‘rsatdi.
Mourino ishongan markaziy hujumchi sifatida faqatgina Eldor Shomurodov qoldi. “Inter”ga qarshi bo‘ladigan bahsda portugaliyalik mutaxassis o‘zbek yigitiga suyanadi. Boshqa variant yo‘q. Borxa Mayoral va Karles Peresning markaziy hujumdagi imkoniyatlari Eldornikidan ancha past baholanmoqda. Bu katta ehtimol bilan boshlang‘ich tarkibda legionerimiz maydonga tushishini anglatadi.
Gol urishni yaxshi biladigan yana bir o‘yinchi – Genrix Mxitaryan oldingi chiziqqa qo‘yilmaydi. Mourino unga yangi vazifa – pleymeykerlikni yuklagan. Armanistonlik yarim himoyachi maydon markazida bor mahoratini ko‘rsatib, Shomurodovga to‘p yetkazib berishi kerak bo‘ladi.
“Roma” o‘yinlarida yana bir muhim figura Nikola Dzanolo hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino Rim klubining eng iqtidorli tarbiyalanuvchisini Angliyaga ketishini maslahat bermoqda. Dzanolaga A Seriyada raqiblar ayovsiz munosabatda bo‘lyapti. Hakamlar ham. Yosh futbolchi shunchalar ko‘p zarba qabul qilib olyaptiki, jarohatlanishdan qo‘rqib qolgani uning o‘yiniga salbiy ta’sir qila boshladi.
- Dzanoloning o‘rnida bo‘lganimda, A Seriyada qolish xavfli ekanini tan olgan holda ketish haqida o‘ylagan bo‘lardim. Unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishayotganidan Nikologa rahmim kelyapti va unga xorijga ketishni maslaham beraman. Bu o‘z foydamga qarshi bo‘lsa ham, - dedi Mourino.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Dzanoloni Antonio Konte “Tottenxem”ga taklif qilyapti. Shuningdek, “Nyukasl” ham italiyalik iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olish orzusini yashirmayapti.
Dzanoloning o‘zi faoliyatini oila a’zolari va Mourino bilan muhokama qilishga ham ulgurdi. Aytishlaricha, o‘yin davomida individual texnikasidan ko‘p foydalanadigan futbolchiga raqiblar ko‘p bora qo‘pollik ishlatyapti va u ikkita og‘ir jarohatdan keyin yana safdan chiqib qolishdan qo‘rqyapti. Qolaversa, A Seriya hakamlari Dzanoloni simulyant sifatida qabul qilmoqda va ko‘p ogohlantirish beryapti. “Bolonya” bilan bo‘lgan o‘yinda ham raqib jarima maydonchasi ichida yiqilganida unga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Yuqoridagi ikki jamoadan tashqari “Manchester Yunayted” va “Yuventus” Dzanoloning o‘yinlariga bee’tibor emas. Rim klubi bu futbolchini 40 million yevroga sotib yuborishi mumkin.
Mourinoning muammolari bu bilan tugamaydi. “Inter”ga qarshi o‘yinda Joze sariq kartochkalari ko‘payib ketgan Rik Karsdorp, yarim yildan ortiq lazaretda qoladigan Leonardo Spinatsolla, kovidga chalingan Gonsalo Vilyar kabi o‘yinchilar xizmatidan ham foydalana olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi