23:38 / 05.12.2021
3 692

Xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan qaysi jamoalar qatnashadi?

Xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan qaysi jamoalar qatnashadi?
Kecha O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Samarqanddagi hal qiluvchi uchrashuvda "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro kuch sinashdi.

Dastlab "sherlar" vakili Odiljon Hamrobekov hisobni ochdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, qarshiliklar maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Oybek Bozorov qizil kartochka oldi.

"Nasaf" birinchi taymning o‘zida muvozanatni tikladi. Bahrom Abdurahimov toshkentliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Tanaffusdan so‘ng esa G‘olib G‘aybullayev jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.

Shu tariqa, "Nasaf" o‘z tarixida ikkinchi bor kubok sohibiga aylandi. Bu orqali Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari OCHL plef-offiga yo‘l olishdi.

Superligada ikkinchi o‘rinni egallagan "So‘g‘diyona" esa OCHL-2022 o‘tish o‘yinlarida qarshiliklarning g‘alabasini kutishga majbur. Agar "ajdarlar" guruh bosqichiga yo‘l olsa, Ulug‘bek Baqoyev jamoasi OFK kubogida qatnashadi. O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" esa OCHL guruh bosqichida o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan qaysi jamoalar qatnashadi?