
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik APLning 15-turida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi (1:0).
"Jamoaning o‘yinidan juda mamnunman, ayniqsa dastlabki yarim soatda ajoyib o‘yin namoyish etdik. Bizga ikkinchi gol yetishmadi.
O‘yinni nazorat qildik, yaxshi himoyalandik va eng muhimi darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Biz aynan to‘p o‘tkazmaslik ustida ishlashimiz kerak.
Biz bor-yo‘g‘i bitta mashg‘ulot o‘tkazdik, lekin men hayratda qoldim: jamoa kutganimdan ham yaxshiroq o‘yin namoyish etdi. Biz tashabbusni o‘zimizda saqlashga harakat qildik va so‘nggi besh daqiqani hisobga olmaganda, raqibimizni darvozamizdan uzoqlashtirishga harakat qildik.
Markazda ikki hujumchi bilan o‘ynashni xohlardik. Aytgancha, Ronalduning to‘psiz harakatlari meni hayratda qoldirdi!
Fredning goliga kelsak, yordamchimdan u haqiqatan ham o‘ng oyog‘i bilan zarba berdimi yoki yo‘qligini so‘radim. Men u faqat chap oyog‘i bilan tepishi mumkin deb o‘ylardim. Undan minnatdorman", — dedi nemis murabbiyi.
Ralf RangnikManchester YunaytedKristal PelasAPL 15-turiO‘yinni Nazorat QildikRonalduning Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar