12 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "T-Mobile" Arenada MMA bo‘yicha navbatdagi UFC 269 turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirning asosiy jangida amaldagi chempion braziliyalik Charlz Oliveyra yengil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni amerikalik Dastin Pore bilan UFC chempioni unvoni uchun kurashadi.
Shuningdek, asosiy janglardan yana birida amaldagi chempion braziliyalik Amanda Nunes amerikalik Julianna Penya bilan ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun to‘qnash keladi.
Dastavval, mazkur jang shu yilning avgust oyida UFC 265 doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Nunesning COVID-19 testi ijobiy chiqqani sababli jang qoldirilgandi.
Tomoshabinlarning katta qiziqishi va murojaatlarini inobatga olib, "UZREPORT TV" telekanali musobaqani O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish uchun eksklyuziv huquqni qo‘lga kiritdi.
UFC 269 turniridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya "UZREPORT TV" telekanalida Toshkent vaqti bilan 12-dekabr kuni tongda boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda UFC 269 da asosiy va dastlabki kardlar 9 ta jangdan iborat.
Asosiy kard:
Charlz Oliveyra - Dastin Pore;
Amanda Nunes - Julianne Penya;
Jeff Nil - Santyago Ponzinibbio;
Kay Kara-Frans - Kodi Garbrandt;
Raulian Peyve - Shon O'Melli.
Dastlabki kard:
Josh Emmett - Den Ige;
Pedro Munyos - Dominik Kruz;
Avgusto Sakai - Tai Tuivasa;
Jordan Rayt - Bruno Silva. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi