Qarshining «Nasaf» klubiga transfer taqiqi qo‘yildi. Bu haqda PFL xabar berdi.
Joriy yilning 7 oktabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi «Nasaf» futbol klubi va fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Qayd etilishicha, «Nasaf» futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.
Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA «Nasaf» futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish bergan.
Bugun, 9 dekabr kuni FIFA 45 kunlik muddat yakuniga yetganini inobatga olib, «Nasaf»ga transfer taqiqi qo‘ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"