Kollaj: UYEFA
Yevrokuboklarda 9 dekabr kuni guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlari o‘tkazildi va keyingi bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi bo‘ldi.
Yevropa Ligasi guruh bosqichida birinchi o‘rinni olgan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘i 1/8 finalga yo‘l olgan. Ikkinchi o‘rin egalari esa YECHL guruh bosqichida uchinchi o‘rin olgan jamoalar bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi va uning g‘olibi nimchorak final ishtirokchisiga aylanadi.
Birinchi o‘rin egalari: «Spartak», «Lion», «Monako», «Ayntraxt», «Galatasaroy», «Srvena Zvezda», «Bayer», «Vest Hem».
YECHLda uchinchi o‘rinni olganlar: «Zenit», «Leypsig», «Portu», «Borussiya D», «Sherif», «Barselona», «Atalanta» va «Sevilya».
Yevropa Ligasida 2-o‘rin egalari: «Reynjers», «Real Sosedad», «Napoli», «Olimpiakos», «Latsio», «Braga», «Betis», «Dinamo» Zagreb.
Xuddi shu tizim Konferensiyalar Ligasida ham qo‘llaniladi. Yevropa Ligasi guruh bosqichining 3-o‘rin sohiblari o‘tish o‘yinida mazkur musobaqaning ikkinchi o‘rin egalari bilan o‘ynaydi. Birinchi o‘rinni olgan jamoalar esa 1/8 finalga yo‘l olgan.
Eldor Shomurodov jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinni olgan holda Konferensiyalar Ligasi nimchorak finaliga chiqdi. Shuningdek, «AZ», «Bazel», «Kopengagen», «Feyenoord», «Gent», «LASK», «Renn» kabi jamoalar ham o‘z guruhini birinchi o‘rinda yakunlagan.
Pley-off bosqichiga 13 dekabr, dushanba kuni qur’a tashlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"