
Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Shohjahon Ergashev (21-0, 19 KO) 11 dekabr, shanba kuni Toshkentdagi boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschiga Tailand vakili Aekkauee Kaumane (23-13-0, 11 KO) raqib bo‘ldi. Birinchi raunddayoq Shohjahon kuchli zarbalari bilan raqibini muvozanatdan chiqarib, uni ayanchli ahvolga tushirib qo‘ydi. Kaumanega ringning o‘zida uzoq vaqt davomida tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Shu tariqa Ergashev navbatdagi jangida ham muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Shohjahon Ergashev bundan oldingi jangida Tanzaniya vakili Salimu Jengoni muddatidan avval mag‘lub etgandi. O‘sha bellashuvga ham Toshkent mezbonlik qilgandi.
Shohjahon ErgashevProfessional BoksTailand VakiliToshkentdagi JangSuper Yengil VaznMuddatidan Avval G‘alaba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar