13:53 / 13.12.2021
2 134

O‘zbekistonning eng qimmat ikki nafar legioneri “Navbahor”da

O‘zbekistonning eng qimmat ikki nafar legioneri “Navbahor”da
"Navbahor" jamoasi kecha serbiyalik 29 yoshli tajribali yarim himoyachi Yovan Jokich bilan shartnoma imzoladi.

Ta’kidlash joizki, Germaniyaning mashhur Transfermarkt sayti talqiniga ko‘ra, Jokich Superligadagi eng qimmat legioner hisoblanadi. Sayt ijodkorlarining talqiniga ko‘ra, Yovanning transfer narxi 750 ming yevroni tashkil etadi.

E’tiborlisi, Transfermarkt`ning Superligamizdagi eng qimmat xorijlik futbolchilari ro‘yxatida 2-o‘rinni “lochinlar”ning tojikistonlik 22 yoshli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe egallab turibdi – 600 ming yevro.

Uchinchi o‘rinda esa Superligada so‘nggi 3 yildan buyon to‘purarlikni hech kimga bermay kelayotgan “Paxtakor”ning serbiyalik 34 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Dragan Cheran bormoqda – 550 ming yevro.

Demak, yangi mavsumda “lochinlar” tarkibida Superliganing eng qimmat 2 nafar legioneri o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning eng qimmat ikki nafar legioneri “Navbahor”da