Xabaringiz bor, 14-15 dekabr kunlari O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qozog‘istonga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Har ikki bahs ham Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz kecha Qozog‘iston poytaxtiga yetib bordi va mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Vakillarimiz xalqaro o‘rtoqlik o‘yiniga 13 nafar futzalchi bilan yo‘l olishdi. Yig‘inga taklif etilgan 14 nafar o‘yinchi orasidan faqat Xushnur Erkinov hujjatlar bilan bog‘liq muammo sabab Toshkentda qolgan.
O‘zbekiston terma jamoasining Qozog‘istonga yo‘l olgan tarkibi:
Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Ravshan Eliboyev ("Lokomotiv");
O‘yinchilar: Anasxon Rahmatov ("Huaxin-Jizzax"), Mashrab Odilov ("Lokomotiv"), Ixtiyor Ropiyev ("Huaxin-Jizzax"), Ilhom Hamroyev ("Huaxin-Jizzax"), Dilshod Rahmatov ("Huaxin-Jizzax"), Akbar Usmonov ("Lokomotiv"), Husniddin Nishonov ("Huaxin-Jizzax"), Elbek To‘lqinov ("Huaxin-Jizzax"), Abdulla Solihov (AGMK), Davlat Ibragimov (AGMK), Davron Choriyev ("Huaxin-Jizzax").
Ko‘rib turganingizdek, tarkibdagilardan faqat Abdulla Solihov va Davlat Ibragimov shu yilning 12 sentabr - 3 oktabr kunlari Litva mamlakatida o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashmagan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi har ikkala o‘rtoqlik o‘yini Jaksilik Ushkempirov nomidagi yakkakurash saroyi (Nur-Sulton)da bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"