19:08 / 20.12.2021
2 526

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Rossiya klubidan taklif bor

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Rossiya klubidan taklif bor
O‘zbekiston terma jamoasi va "Tobol" hujumchisi Igor Sergeyev xizmatiga Rossiya klubi qiziqish bildirmoqda.

Metaratings.ru nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchini "Ximki" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Sergeyevning transfer narxi 1,7 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, "Ximki" Rossiya chempionatida birinchi davrani 14 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunladi. Igor o‘tgan mavsum Qozog‘iston chempionatida 25ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport