
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2021 yilgi futbol mavsumi yakuniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasiga nomzod o‘yinchilar yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
UZ Football Awards marosimi-2021da «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovrini uchun 6 nafar legioner va 4 nafar Superligada to‘p surayotgan o‘yinchi da’vogarlik qilayotgan edi. Dastlabki 10 futbolchidan iborat ro‘yxatdan - Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev («Paxtakor»/ «Nijniy Novgorod»), Igor Sergeyev («Oqto‘be»/»Tobol»), Otabek Shukurov («Sharja»), Jasur Yaxshiboyev («Legiya»/»Sherif»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Sherzod Nasrullayev («Nasaf») yakuniy bosqichga o‘tmadi.
Natijada yakuniy uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Jaloliddin Masharipov («Shabob Al-Ahli»/«An-Nassr»)
- Husain Norchayev («Nasaf»)
- Eldor Shomurodov («Jenoa»/«Roma»).
Ushbu uchlikdan eng ko‘p ovoz to‘plagan g‘olib nomi yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. UZ Football Awards marosimi 25 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil Jaloliddin Masharipov O‘FA tomonidan O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan bo‘lsa, nomzodlar orasida Eldor Shomurodov («Jenoa») va Oybek Bozorov («Nasaf») ham bor edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar