
Nigeriya futbol federatsiyasi prezidenti Amadju Pinnik milliy terma jamoani boshqarish uchun kuchli bosh murabbiy olib kelishga qaror qilgan.
- Mutaxassisni tanlashda asosiy e’tibor nomzodning tartib-intizomga e’tibor qaratishi va sovrinlar yutiga ishtiyoqmandligi inobatga olinadi. Biz Joze Pezeyru, Mladen Krstaich va Joze Mourino bilan muloqot qildik, - dedi Amadju Pinnik.
Ma’lumki, Joze Mourino “Roma” bilan uch yillik shartnoma tuzgan . Yaqinda portugaliyalik mutaxassis “Nyukasl”ni boshqarish bo‘yicha taklifni qabul qilmagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Nigeriya terma jamoasi yanvarda boshlanadigan Afrika Millatlari kubogining guruh bosqichida Misr, Sudan va Gvineya-Bisau futbolchilari bilan bellashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar