
“Barselona” bilan yangi shartnoma tuzishga moyil bo‘lib turgan Usmon Dembeleni “Nyukasl”ning o‘ta manfaatli taklifi o‘ylantirib qo‘ydi.
Manbalarning xabar berishicha, inglizlar fransiyalik hujumkor futbolchiga agar u kelasi yozda “Nyukasl”ga erkin agent sifatida o‘tadigan bo‘lsa, 15 million yevro bonus va yiliga 15 million yevro maosh olishini taklif qilmoqda.
Bu taklif kuchga kirishi uchun Dembele kataloniyaliklar bilan mavsum oxirida yakunlanadigan bitimni yangilamasligi kerak.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan “Barselona” maosh borasida jahon futbolida eng boy homiyga ega “Nyukasl” bilan bahslasha olmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar