1 172
"Turon"ning yangi vitse-prezidenti klub rejalarini va Germaniyadan keladigan murabbiyning kimligini oshkor qildi
Barchangizga ma’lum, avvalroq tojikistonlik mutaxassis Aleksandr Azimov “Turon” klubi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlagani haqida xabar bergandik.
Ushbu mutaxassis klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyuni berdi. Unda yangi rejalar haqida gap borgan. Shuningdek, ilgari saytimiz orqali “Turon”ga Germaniyadan mutaxassis kelishi haqida ham ma’lumot bergandik. O‘z navbatida Azimov suhbat davomida bu xabarni tasdiqladi.
- Aleksandr Uzakovich, avvalo yangi yil bayrami muborak bo‘lsin! Ayting-chi, “Turon”da ish boshlashingiz jarayoni qanday yuz berdi?
- Tabrik uchun rahmat! Fursatdan foydalanib barcha o‘zbekistonlik futbol muxlislarini yangi yil bayrami bilan tabriklayman. “Turon”da ish boshlashim jarayoni o‘tgan yilning noyabr oyi oxirlarida yuz berdi. Klub rahbariyati menga qo‘ng‘iroq qilishdi va jamoada ishlashga taklifini berishdi. Shundan so‘ng kelishuvga ko‘ra O‘zbekistonga keldim va rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazdik. Ushbu uchrashuv davomida klub infratuzilmasi, stadion va yaqinda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan baza (qarorgoh)ni ko‘zdan kechirdim. Bundan tashqari, meni klubning oldindagi istiqbolli rejalari va maqsadlari bilan tanishtirishdi. Albatta, klub tizimida futbol uchun yaratilgan sharoit va istiqbolli rejalari mening e’tiborimni tortdi, ya’ni qiziqtirib qo‘ydi.
Bilasizmi, men bunga qadar Germaniyada faoliyat olib boradigan firmada boshqaruvchi-direktor sifatida ishlab kelayotgandim. Lekin “Turon” klubi rahbariyatining ishonchi va rejalari meni ushbu lavozimdan voz kechgan xolda O‘zbekistonda faoliyatimni boshlashimga sabab bo‘ldi. Maqsadim — “Turon”dagi faoliyatim davomida o‘zbek futboli rivojiga o‘z hissamni qo‘shish.
- “Turon” bilan qancha muddatga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdingiz?
- Ochig‘i, bu haqida qiziqib ko‘rganim yo‘q. Men uchun to‘g‘ri ishlash, natija va futbolning rivoji muhim hisoblanadi. Qancha muddat ishlasam ham jamoaning o‘sishiga, yutuq va g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qilganman.
- Siz futbol olamida o‘ziga yarasha nom qozongan tajribali mutaxassislardan hisoblanasiz. “Turon”dagi faoliyatingiz davomida jamoaga qanday yangicha uslublarni olib kirmoqchisiz?
- Futbol qoidalari hamma joyda bir xil. Faqat ushbu sport turiga to‘g‘ri yondashuv lozim. Futbol halollikni talab etadi, uni aldab bo‘lmaydi. Siz 90 daqiqa futbol o‘ynab g‘alaba qozonmoqchimisiz, chempionat yakunida g‘olib bo‘lmoqchimisiz, demak bunga ruhan va jismonan tayyor bo‘lishingiz kerak. Bu esa o‘ziga yarasha mehnat va iroda talab etadi.
Biz birinchi navbatda klubdagi tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Rahbariyat yetarlicha sharoit yaratib beryaptimi, demak natija ham shunga mos bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlarni Yevropa klublari uslubida tashkil etishni, klubdagi har bir futbolchining harakatlarini nazoratga olishni rejalashtirmoqdamiz. Ma’lumot o‘rnida aytishim mumkin, tez orada “Turon”da asli Latviya davlatidan bo‘lgan, hozirgi kunda Germaniyada faoliyat olib borayotgan mutaxassis Vadim Barnich ish boshlashga yaqin turibdi.
Barnichni futbol jamoatchiligi “Fortuna Dyusseldorf” klubidagi faoliyati orqali ham tanishadi. Hozirda “Turon”da o‘zbekistonlik iste’dodli mutaxassis Anvar Berdiyev ishlamoqda. Biz aynan Berdiyev va Barnichning o‘zaro uyg‘un holda faoliyat olib borishlarini ta’minlamoqchimiz. Yuqorida aytib o‘tganimdek, bunda jamoadagi har bir futbolchining jismoniy holati, mashg‘ulotlarda ishlashi, diyetaga rioya etishi kabi vzaiyatlar qat’iy nazoratga olinadi. Futbolchi o‘z hohishiga qarab ko‘chada sho‘rva yoki manti kabi taomlarni iste’mol qilmaydi. Ularning belgilangan taomlanish retsepti bo‘yicha ovqatlanishlarini tashkil etamiz. Mashg‘ulot va undan keyingi jarayonlar rejaga amal qilishlari yo‘lga qo‘yilsa, albatta maydonda o‘z samarasini ko‘rsatadi. Shu sababdan ham biz Germaniyada ishlab kelayotgan tajribali mutaxassisni klub tizimiga jalb etmoqdamiz.
- Siz futbolchilik faoliyatingiz davomida Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi o‘ynagansiz. Ayting-chi, o‘zbek futboli o‘sha vaqtdagidan buyon qanchalik o‘zgargan?
- Ha, bu to‘g‘ri. Dushanbening “Pomir” jamoasi safida “Paxtakor”ga qarshi o‘ynaganman. O‘sha vaqtlarda jamoada to‘purar bo‘lgandim, hozirga qadar hujumkor futbolni qo‘llab-quvvatlayman. Bilasizmi, menda futboldagi tajribam ayni vaqtga kelib 33 yilga yetdi. Tojikiston, Avstriya, Germaniya davlatlari futbolida faoliyat olib bordim. Endilikda o‘zbek futbolida, ya’ni “Turon”da ish boshlashim faoliyatimdagi yangi sahifa bo‘ladi. Anchadan buyon O‘zbekiston chempionatlarini kuzatmaganim bois, hozir va o‘sha vaqtdagi farqni aniq tasvirlab bera olmayman. Lekin shuni aytishim mumkin, O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p. Shuningdek, bu yerda futbolni juda ham yaxshi ko‘rishadi, sevishadi va qadrlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”