22:17 / 02.01.2022
1 093

Elguja Grigalashvili: "Navbahor"ga moslashishda muammo ko‘rmayapman. Chunki..."

Elguja Grigalashvili: "Navbahor"ga moslashishda muammo ko‘rmayapman. Chunki..."
Shu kunga qadar yurtimizda "Qizilqum" va AGMK jamoalarida to‘p tepgan Elguja Grigalashvili qishki transferlar oynasi vaqtida klubini o‘zgartirdi.

Gruziyalik xujumkor yarim himoyachi bu mavsumni "Navbahor"da boshlaydi. Kuni kecha tomonlar o‘rtasida rasman shartnoma imzolangani ma’lum qilindi. Elguja Grigalashvili yangi jamoasi, klubini almashtirgani va maqsadlari haqida aytib berdi.

- "Taklif haqida nima derdim. "Navbahor"dan chorlov bo‘ldi, shartnoma imzoladik. Nima bo‘lganda ham yaxshi jamoaga kelib qo‘shildim. Klubning muxlislariga ortiqcha ta’rif shart emas. Ularni stadionda ajoyib muhit hosil qilishlarini bilaman. Bunga o‘zim bir necha marotaba guvoh bo‘ldim", - deydi Elguja Grigalashvili.

O‘zaro suhbat davomida futbolchi "Navbahor"ning maqsadlari va o‘zining istaklari haqida ham aytib o‘tdi. U so‘zining davomida bu mavsumdan nima kutayotganini yashirmadi.

- Albatta. Maqsadlar va rejalar katta. O‘zimning ham niyatlarim va amalga oshirishni istayotgan rejalarim bor. U qanday? O‘tgan mavsumga qaraganda ko‘proq gol urishni xohlayman. "Qizilqum"da ham raqiblar darvozasiga bir nechta to‘plar kiritdim. Lekin qoniqish hosil qilganim yo‘q. Shuningdek oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olmadik. "Navbahor"da e’tiborimni tortgan asosiy jihat muxlislar va klubning rivojlanish yo‘li.

Ayni paytgacha ichki chempionatimizda faqat ikkita jamoada to‘p tepgan Grigalashvili uchun "Navbahor" uchinchi klub hisoblanadi. Gruziyalik to‘p tepar yangi jamoasiga moslashishda qiynalmasligini bildirdi.

- Men O‘zbekistonda 5 yildan beri o‘ynamoqdaman. Barcha joy tanish. O‘zimni begonadek his qilmayman. Do‘stlarim, tanishlarim ko‘p. Shunday ekan ortiqcha muammo ko‘rmayapman. Jamoa bilan faqat oldinga va sovrinli o‘rinlarga qarab intilamiz. Ko‘ramiz mavsum oxirida qilgan mehnatlarimiz qanday natija berar ekan.

Namanganliklar ushbu o‘yinchini avvalroq qo‘lga kiritishga urinib ko‘rganmi? Bunga uning o‘zi quyidagicha javob berib o‘tdi.

- Bilmadim. Yozda shunday mish-mishlarni o‘zim ham eshitgandim. Men o‘shanda "Qizilqum" futbolchisi sanalardim. Faqat o‘z jamoam haqida o‘ylaganman.

Abdulaziz Iskandarov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elguja Grigalashvili: "Navbahor"ga moslashishda muammo ko‘rmayapman. Chunki..."