Harri Keyn “Arsenal”dan haydalgani oshkor bo‘ldi

Harri Keyn “Arsenal”dan haydalgani oshkor bo‘ldi
Arsenal”ni katta g‘alabalar sari yetaklagan sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya terma jamoasi va Tottenxem”ning yetakchi hujumchisi Harri Keyn “kanonirlar” akademiyasida tarbiyalanganini bilmaganini tan oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik hujumchi bolaligida “Arsenal” akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. Biroq, bir mavsumdan so‘ng “kanonirlar” bo‘lajak yulduzni klubdan haydab yuborgan.

- Bu haqida umuman bilmas edim. O‘shanda to‘qqiz yosh bo‘lgan ekan. Harri Keyn bizda o‘ynaganidan xabarim bo‘lmagan. Bilganim 11 yoshida “Tottenxem”ga borgan, - dedi Arsen Venger SPORTBible nashriga bergan intervyusida.
Harri Keyn “Arsenal”dan haydalgani oshkor bo‘ldi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar