Foto: Christopher Furlong / XOQ
O‘zbekistonda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Milliy olimpiadani o‘tkazish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, Milliy olimpiada sport o‘yinlarini o‘tkazish dasturi ishlab chiqiladi. Sport o‘yinlari o‘tkaziladigan sport ob’ektlari infratuzilmasi yaxshilanadi va zarur sport inventarlari bilan jihozlanadi.
Milliy olimpiada o‘yinlarini yuqori darajada tashkil etish va g‘olib va sovrindorlarini munosib rag‘batlantirish choralari ko‘riladi. Milliy olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari borishini OAV orqali, shu jumladan internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishi tashkil etiladi.
Shuningdek, sport ta’lim muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini oshirish mo‘ljallangan.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallariga qabul ko‘rsatkichlarini oshirish hisobiga faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli trenerlarning amaldagi 54 foiz ulushi 2022 yilda 62 foizga oshiriladi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilari sport ta’limi muassasalariga jalb etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi