
Bilasiz, "Persepolis" va "Istiqlol" Eron mamlakatining eng kuchli va eng nomdor klublari hisoblanadi. OFK bugun bu ikki klub 2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasida qatnashmasligi haqida qaror qabul qildi. Bunga sabab har ikki jamoaning litsenziya shartlarini to‘liq bajarmagani.
O‘tgan yil "Persepolis" Eron chempionligini qo‘lga kiritib, OCHL guruh bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnashishi lozim edi. "Istiqlol" esa uchinchi o‘rinni band etib, pley-offdan kurashga kirishishi kerak edi.
OFK Eron uchun kvotalarni 2+2 ajratgan bo‘lib, o‘tgan yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Persepolis" (chempion) va "Fulad" (Kubok sohibi) guruhda, "Sepaxon" (2-o‘rin) bilan "Istiqlol" (3-o‘rin) esa pley-offda ishtirok etishi belgilab qo‘yilgandi.
Biroq OFK qaroriga ko‘ra, ikki kuchli klub musobaqadan chetlatildi. Bu jamoalar o‘rnini kimlar to‘ldirishi va aynan qaysi bandga asosan chetlatilgani haqida keyinroq ma’lumot beramiz.
PersepolisIstiqlolOFK QaroriEron KlublariOsiyo Chempionlar LigasidaMusobaqadan Chetlatish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar