
Xabaringiz bor, “Paxtakor” klubida bosh murabbiy o‘zgaryapti. Bir necha yildan beri “Paxtakor” murabbiylar shtabida ishlagan va o‘tgan mavsumda bosh murabbiylik qilgan Piter Xyuistra bilan shartnoma uzaytirilmagach, u klubni tark etdi.
Ayni paytda klub rahbariyati uning o‘rniga keladigan yangi murabbiy bilan muzokaralarni o‘tkazyapti va bu jarayon deyarli ijobiy hal bo‘lib ulgurgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Paxtakor”ni makedoniyalik 48 yoshli mutaxassis Slavche Voyneski boshqaradi. Klub sport direktori Ja’far Irismetovning Sports.uz saytiga aytishicha, makedoniyalik murabbiy bilan dushanba kuni shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
U Slovakiya, Makedoniya, Turkiya chempionatlarida faoliyat ko‘rsatgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar