Superliga klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini davom ettirishmoqda. Chempionatning amaldagi bronza medallari sohibi AGMK ham Toshkent shahrida yig‘inga kirishgan. Kecha jamoaning mashg‘ulotini bevosita kuzatib bordik. Mashg‘ulot yakunlanish arafasida bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni suhbatga chorladik.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk qismini 20-30 dekabr sanalarida o‘tkazdik. Yangi yildan keyin 5 yanvar kuni yig‘ildik. Ayrim futbolchilar jamoani tark etdi. Ularning o‘rniga boshqalar taklif qilindi. Masalan Anzur Ismoilov, Dmitriy Mishchenko, Abdulla Abdullayev, Xurshid G‘iyosov kelib qo‘shildi. Yana oladigan futbolchilarimiz bor. O‘zingiz bilasiz o‘tgan yilgi tarkibdan ko‘p futbolchilar boshqa jamoalarga yo‘l oldi. Bo‘sh qolgan pozitsiyalarni to‘ldirishimiz kerak. Uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritganimizni yomon natija, deb o‘ylamayman. Yanada ko‘proq ishlashimiz lozim", - deydi Mirjalol Qosimov.
- Xorij yig‘ini rejadan o‘rin olganmi?
- Albatta rejamiz bo‘yicha yanvar oyida Dubayga borishimiz kerak edi. Mashg‘ulot o‘tkazadigan "Jabel Ali" majmuasida jamoalar ko‘p. Endilikda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boramiz. Bizdagi muammolardan biri mashg‘ulot uchun maydonlarimiz yo‘qligi. Shuning uchun mana "Navbahor" ham xorijda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
- Demak AGMK hali transferlardagi yurishini davom ettiradi. Boisi ketgan va kelgan futbolchilar orasida katta tafovut yuzaga kelmoqda...
- To‘g‘ri. Yoshlarga ham imkoniyat beriladi. Niyatimiz Olmaliq shahridan yaxshi futbolchi yetishtirib chiqarish. Seleksiya yil davomida bo‘lishi kerak.
- So‘nggi ikki yildagi gegemon "Paxtakor" tarkib jihatdan kuchsizlandi. Bundan boshqa jamoalar foydalanib qolishi mumkinmi?
- Maqsad har doim bor. Chempionlikka harakat qilinadi. Tarkibni kuchaytirib bemalol urinib ko‘rish mumkin. "Jo‘jani kuzda sanaymiz", - degan gap bejiz aytilmagan. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. "Paxtakor" nechi yillik tarixga ega jamoa. Kimdir keladi, kimdir ketadi, busiz iloji yo‘q. Bu aldamchi holat bo‘lib qolishi mumkin. Qolaversa "Paxtakor"ning akademiyasi ham kuchli. Ko‘p narsa birinchi davra oxirlariga kelib ma’lum bo‘lib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi