Xabaringiz bor, OFK Eronning ikki yetakchi klubi "Persepolis" va "Istiqlol"ni bu yil OCHLga qo‘ymaydigan bo‘ldi.
Osiyo chempionlar ligasi Osiyo klublari uchun eng nufuzli musobaqa hisoblanadi hamda ko‘p jamoalar bunda zafar quchishni istaydi. OFK qaroriga ko‘ra, "Persepolis" va "Istiqlol" OCHLda o‘ynash huquqini beruvchi litsenziya shartlarini to‘liq bajarmagan. Ma’lumki, litsenziya olmagan klub chempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi.
"Persepolis" va "Istiqlol" stadion xavfsizligi bilan bog‘liq hujjatlarni chala to‘ldirgan, shuningdek klub xodimlari ro‘yxati va klub xo‘jayinlari kim ekanligi (ya’ni, klub kimga qarashli) ekanini ochiq bayon etmagan. Natijada OFK bu ikki klubga litsenziya bermaslikni lozim topdi.
Ushbu yangilik e’lon qilingach, Eron matbuoti sekin-asta vaziyatni o‘rgana boshladi. Xususan Tehrantimes.com sayti muxbiri Farrox Xesabi bu haqda maqola chop etib, birinchi navbatda klublarni aybladi. Negaki har ikkala klubda litsenziya bilan bog‘liq muammolar borligi OFK tomonidan bir necha bor aytib kelingan, biroq na "Istiqlol", na "Persepolis" bunga jiddiy ahamiyat bergan.
Ma’lumki, litsenziya olish uchun barcha kerakli ma’lumotlar ingliz tilida to‘ldiriladi. Lekin klublar ba’zi ma’lumotlarni tarjima qilmasdan forschada jo‘natgan, OFK esa buni qabul qilmagan.
Jurnalist Farrox Xesabi buning uchun birinchi navbatda klublar rahbariyatini aybdor dedi. "Tasavvur qilyapsizmi, klublarning mas’uliyatsizligi sabab 10 millionlab muxlislar o‘z sevimli jamoalarini bu yil Osiyo chempionlar ligasida ko‘ra olmaydilar. Bu muxlislar uchun qattiq zarba", deb yozgan Tehrantimes.com muxbiri.
Vaziyatdan xabar topgan "Persepolis" bosh murabbiyi Yahyo Gulmuhammadi shunday dedi: "Men shokdan. Biz chempionlar ligasida o‘ynamaymiz. Buni qabul qilish shaxsan men uchun juda og‘ir. Zudlik bilan aybdorlarni topib jazolash kerak".
"Istiqlol" futbol klubi ijrochi direktori Hojjat Karimi ham matbuot orqali chiqish qilib, o‘z fikrini quyidagicha izohladi: "Bu hammadan ham ishqibozlarga katta zarba bo‘ldi".
Eronda chop etiladigan Khabar Varzeshi gazetasining yozishicha, "Persepolis" bilan "Istiqlol"ning xo‘jayinlari bitta, ya’ni har ikki klubni Eron sport vazirligi boshqaradi. OFK oktabr oyida vazirlikni bir paytning o‘zida ikkita klubga egalik qila olmasligi haqida ogohlantirgan, lekin o‘sha payt bunga hech kim jiddiy quloq solmagan.
Eron futbol federatsiyasi vakili Dariush Mostafavi esa aybni siyosatga ag‘darishni ma’qul deb bildi. "Eng katta muammo, futbolga siyosatning aralashuvi", dedi u.
Federatsiya prezidenti Shahobiddin Azizi-Kadim ham televideniya orqali chiqish qilib, vaziyatni to‘liq o‘rganishga va OFK bilan bu borada uchrashishga va’da berdi.
Xullas, buyog‘iga voqealar rivojini kuzatamiz.
X.Xoliqov.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi