“Roma”ning qishki transfer mavsumidagi dastlabki transferi e’lon qilinganidan xabaringiz bor. “Arsenal”dan kelgan Eynsli Meytlend-Nayls Rim klubi safida mashg‘ulotlarga kirishib ketdi. Angliyalik futbolchi dastlabki mashg‘ulotdan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Men bu yerga o‘zimni va nimalarga qodirligimni ko‘rsatib qo‘yish uchun keldim. “Roma”da bunga imkon bor. Hammasi mening qanday harakat qilishimga bog‘liq.
Men avvalo o‘zim, faoliyatim va kelajagim uchun “Roma”ga o‘tishga qaror qildim. Maqsadim jamoaga yordam berish. Men shu yerdaman va jamoaga ko‘maklashishga tayyorman.
Mourino dunyodagi eng zo‘r murabbiylardan biri. U futboda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritganidan tashqari, juda yaxshi inson ekanini bilaman. U doimo rost gapiradi va g‘alaba uchun intiladi. Har bir o‘yinchi shunday murabbiy qo‘l ostida ishlashdan boshqa yana nimani ham so‘rashi mumkin?, - dedi Eynsli Meytlend-Nayls.
Ma’lumki, Rim klubi bosh murabbiy Joze Mourino talabi bilan maydon markazini kuchaytirish maqsadida bu futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga oldi. “Arsenal” ijara shartnomasiga yarim himoyachini keyinchalik sotib olish huquqini kiritishdan bosh tortdi.
Eynsli Meytlend-Nayls mavsum oxirida yana Londonga qaytib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi