
Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda "qaymoqranglilar" 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Qirollik klubi" safida Vinisius, Benzema va Valverde o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Kataloniyaliklardan Lyuk De Yong va Ansu Fati bu gollarga javob qaytardi.
Shunday qilib, Anchelotti shogirdlari mazkur turnir finaliga yo‘l oldi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan "Atletiko" - "Atletik" o‘yini g‘olibi ularga finalda raqiblik qiladi.
Barselona – Real Madrid 2:3
Gollar: Vinisius (25, 0:1), Lyuk De Yong (42, 1:1), Benzema (72, 1:2), Fati (84, 2:2), Kazemiro (98, 2:3).
Barselona – ter Stegen, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong (Pedri, 46), Gavi (Depay, 78), Dani Alves (Niko Gonsales, 78), de Yong (Fati, 66), Dembele, Ferran Torres (Ezzalzuli, 46; Judjla, 110).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 90), Nacho, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 83), Kroos, Kazemiro, Benzema, Asensio (Rodrigo, 68), Vinisius Junior (Kamavinga, 110).
Ogohlantirish: Ferran Torres (23), Dani Alves (51), Kazemiro (75), Valverde (99).
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Ispaniya SuperkubogiBarselona RealVinisius BenzemaFinalga Yo‘lAnchelotti ShogirdlariUchrashuv Yakunlandi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar