14:05 / 13.01.2022
1 102

Karlo Anchelotti: To‘g‘risini aytaman, «Barselona» yaxshi o‘ynadi

Karlo Anchelotti: To‘g‘risini aytaman, «Barselona» yaxshi o‘ynadi
Foto: Twitter
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi uchrashuvdan (3:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

- "Qiyin bahs bo‘ldi, ikkala jamoa ham yaxshi o‘ynadi. Qiynalishimizga to‘g‘ri keldi.

O‘yinni yaxshi boshladik, bor e’tiborimizni qarshi hujumlarga qaratgandik. Hisobda oldingi chiqib olganimizdan keyin o‘yinimiz samaradorligi pasayib ketdi. Ammo birinchi bo‘limda biz g‘alaba qozonishga haqli edik, ikkinchi bo‘lim esa teng kurashlar ostida o‘tdi.

Qarshi hujumlardan juda mohirona foydalanamiz, munosib futbolchilarimiz bor. Biz yengilmas jamoa emasmiz, chunki futbolda hamma narsa ham faqat qarshi hujumlarga bog‘liq emas, lekin bu borada juda yaxshi harakat qila olamiz.

O‘yin so‘ngida biz yaxshiroq himoyalana boshladik. «Barselona» yaxshi o‘yin o‘tkazdi va bu ikkala jamoa uchun ham muhim edi. To‘g‘risini aytaman, «Barselona» yaxshi o‘ynadi
", - dedi «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.

Shuningdek, «Barselona» ustozi Xavi ham o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images
«Qayg‘udaman. Dastlabki yigirma daqiqa ichida o‘yinimizda komplekslar kuzatildi. Biz oxirgi o‘yinlar, so‘nggi natijalar haqida o‘yladik. Ammo komplekslardan xalos bo‘lgach, yaxshiroq o‘ynay boshladik va yakunda o‘yinni to‘liq nazorat qildik.

Agar o‘yin bizning foydamizga hal bo‘lganida, hech kim bir so‘z ham aytmasdi, lekin bunday bo‘lmadi.

Menimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bugun bir qator muhim futbolchilar tarkibga qaytdi. Musobaqa bilan xayrlashdik, ammo komplekslardan xalos bo‘ldik
», — deydi Xavi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real» Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi, jamoa finalda «Atletiko M» — «Atletik» o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Final bahsi 16 yanvar sanasiga belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti: To‘g‘risini aytaman, «Barselona» yaxshi o‘ynadi