
Mino Rayolaning yaqin do‘sti agent Pedro Bravo Erling Xolandning kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
"Agar Xolandning kelajagi borasida taxmin qilib, qaysidir jamoaga o‘tishi uchun pul tikishim kerak bo‘lsa, bu ingliz klublaridan biri yoki "Barselona" bo‘ladi.
"Real" emas. U Mbappe bilan tenglasha olmaydi. Men Mino bilan gaplashdim, albatta, bu haqda emas. Shunday bo‘lsa-da Xolandni "Barsa" tarkibida ko‘raman.
Odamlar tanlov Erlingning o‘z qo‘lida ekanligini tushunishlari kerak. Albatta, barchasi Minoning maslahati bilan amalga oshadi. Har bir agent singari, u ham mijozi uchun eng yaxshi ma’qul variantni xohlaydi", dedi Pedro. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar