
Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.
Klub murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, «Dinamo» klubi serbiyalik darvozabon Miloye Prekovich bilan kelishuvga erishdi. 30 yoshli golkiper bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik legioner samarqandliklar safiga erkin agent maqomida qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Miloye Prekovich so‘nggi mavsumni Serbiya Superligasi vakili «Vojdovas» klubi safida o‘tkazib, jamoaning asosiy posboni bo‘lgan. U chempionat doirasidagi barcha – 21 o‘yinda ham to‘liq harakat qilgan.
Ma’lumot:
Miloye Prekovich
Tug‘ilgan sanasi: 1991 yil, 7 iyun.
Tug‘ilgan joyi: Serbiya, Arandelovach.
Bo‘yi: 192 cantimetr
Faoliyat yuritgan klublari:
2009-2010 - «Mladenovach» (Serbiya)
2010-2012 - «Kosiche» (Slovakiya)
2013-2014 - «Mladost Lukani» (Serbiya)
2015 - «Sloga» (Serbiya)
2016-2017 - «Yenisey» (Rossiya)
2017-2018 - «OFK Belgrad» (Serbiya)
2018-2020 - «FK Indija» (Serbiya)
2021 - «Vojdovas» (Serbiya).
2022 - «Dinamo» (Samarqand).
DinamoMiloye PrekovichSuperligaSerbiya SuperligasiLegionerSamarqandliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar