19:30 / 16.01.2022
1 193

Anchelotti: "Real" finalga "Barsa" bilan o‘yindagidan boshqacharoq yondashadi

Anchelotti: "Real" finalga "Barsa" bilan o‘yindagidan boshqacharoq yondashadi
Bugun Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda "Real" va "Atletik" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Mazkur bahs oldidan "qirolli klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Atletik" futbolchilari bir qator kuchli hislatlarga ega, himoyadagi harakatlar, yuqori o‘yin tempi, hujumlar tashkil etish, to‘p bilan ishlashdagi mahorat.

Buni yoddan chiqarib bo‘lmaydi. Biz bugungi bahsga "Barselona"ga qarshi o‘yindagidan boshqacharoq yondashamiz. Finalga chiqish doim o‘ziga xos voqea bo‘lgan. Ammo jamoam bunday muhim o‘yinlarda ishtirok etishga o‘rgangan.

"Real" - "Atletik" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti: "Real" finalga "Barsa" bilan o‘yindagidan boshqacharoq yondashadi