“Paxtakor” klubi yangi bosh murabbiy qo‘li ostida mavsumga kirishganidan yaxshi xabardorsiz. Amaldagi chempion bu yil ham chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolmoqchi.
Hali oldinda Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi kutyapti. “Paxtakor” esa yangi murabbiy qo‘l ostida qanday jamoaga aylanishi juda qiziq. Buning uchun tarkibda iqtidorli yoshlar bilan birga tajribali o‘yinchilar ham zarur.
Shu maqsadda “Paxtakor” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Ikrom Aliboyevni o‘z safida ko‘rishni juda xohlamoqda. Futbolchi o‘tgan mavsumni Janubiy Koreyaning “Tedjon Sitizen” klubida o‘tkazdi va yaqinda jamoasini tark etdi.
Hozirda erkin agentga aylangan yarim himoyachi uchun qator takliflar bor. “Paxtakor” esa Aliboyevni ko‘ndirish uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Bu borada klub sport direktori Ja’far Irismetov Ikrom bilan muzokaralar olib borilayotganini Sports.uz muxbiriga tasdiqladi. Yaqinda Aliboyev bilan bog‘langanimizda yaqin vaqt ichida faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi oydinlashishini aytgandi.
Demak, “Lokomotiv”, “Seul” va “Tedjon Sitizen” klublarida to‘p surgan Aliboyevning yangi mavsumni qaysi klubda boshlashi tez orada hal qilinadi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi