“Manchester Yunayted” jamoani boshqarib turgan Ralf Rangnik o‘rniga doimiy bosh murabbiy tayinlashga qaror qildi. Ular avval rejalashtirganidek mavsum yakunlanishini kutmaydi.
Ayni paytda klub ro‘yxatida uch nafar mutaxassis – “Ayaks”ni boshqarayotgan Erik ten Xag, PSJdan ketmoqchi bo‘lib yurgan Maurisio Pochettino va “Lester Siti”da ishlayotgan Brendan Rojers nomzodi bor.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari yangi bosh murabbiy mavsum oxirigacha jamoani o‘ziga moslashtirishi va yozgi transferlar vaqtida o‘ziga qaysi pozitsiyalar uchun yangi o‘yinchilar kerak ekanini aniqlab olishini istayapti.
Yangi bosh murabbiy kelishi bilan Ralf Rangnik klub tizimida boshqa lavozimga o‘tishi kelishib olingan.
Avvalroq, klubning aksariyat o‘yinchilari Ralf Rangnikning bosh murabbiy sifatida ish uslubidan norozi ekani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot