Odil Ahmedov «Krasnodar»da yiliga 1,7 million yevro maosh oladi


Rossiyaning Sports.ru sayti mamlakat chempionatida ishtirok etuvchi klublardagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra “Zenit” hujumchisi Xalk yiliga 7 million yevro maosh bilan birinchi o‘rinni egalladi.
E’tiborli tomoni, “Krasnodar” jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedov yiliga 1,7 million yevro maosh bilan ushbu ro‘yxatda 62-o‘rinda bormoqda.
Internet saytning ta’kidlashicha, ushbu ro‘yxatda tegishli soliqlarni chiqarib tashlanganda futbolchining qo‘liga tegadigan “toza” mablag‘lar ko‘rsatib o‘tilgan. G‘alaba va boshqa yutuqlar uchun beriladigan qo‘shimcha mukofot pullari bu yerda ko‘rsatilmagan.
Ushbu ro‘yxta futbolga yaqin bo‘lgan insonlar – klub menedjerlari, agentlar va futbolchilarning o‘zlari taqdim qilgan ma’lumotlar asosida tuzilgani ham alohida ahamiyat kasb etadi.
1. Xalk "Zenit" - 7 million yevro
2. Kevin Kurani "Dinamo" - 5,7
3. Aleksandr Kokorin "Dinamo" - 5
4. Esekiel Garay "Zenit" - 5
5. Xavi Garsiya "Zenit" - 4,5
6. Vedran Chorluka "Lokomotiv" - 4,4
7. Igor Denisov "Dinamo" - 4
8. Yuriy Jirkov "Dinamo" - 4
9. Aksel Vitsel "Zenit" - 4
10. Mubarak Bussufa "Lokomotiv" - 3,9
61. Aleksandr Byuttner "Dinamo" - 1,7
62. Odil Ahmedov "Krasnodar" - 1,7 million yevro
68. Vasiliy Berezuskiy SSKA - 1,6
69. Aleksey Berezuskiy SSKA - 1,6
77. Alan Dzagoyev SSKA - 1,5
Manba: www.uff.uz































Izohlar 0
…