
"Roma" Italiya kubogi doirasida "Lechche"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Rimliklarning uchinchi goliga legionerimiz Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev bunga o‘z munosabatini bildirdi.
"Mana nima kerak unga! Bo‘shliq. Eldor qochadigan hujumchi va markaz unga qulayroq. Italiya kubogining "Roma" - "Lechche" o‘yinida Shomurodov 63-daqiqada tushdi. Saal bo‘lsa ham ko‘proq vaqt.
81-daqiqada rimliklar 2:1 hisobida oldinda borayotgandi va "Lechche" hujumga tashlanayotgandi. "Roma"ning oxirida gol o‘tkazib yuborish odati xavotirli edi. Shu daqiqada Genrix Mxitaryan sherigining tezligiga ishondi va to‘pni oldinga qarab tepdi. Bo‘ldi.
Start. Eldor tezlikda bo‘sh zona tomon qochdi. Jarima maydoniga kirgach, o‘zi bilan parallel kelayotgan hujumchini zamaxda aldab, oldinga chiqishni boshlagan darvozabonni ham chalg‘itdi. Mana o‘sha lahza va Shoma yaqin burchakka aniq zarba yo‘llab, o‘yinga chiroyli nuqta qo‘ydi, 3:1. Ajoyib.
"Roma" chorakfinalga chiqdi va u yerda Italiyaning ayni vaqtdagi eng kuchli klubi bo‘lmish "Inter" bilan to‘qnash keladi. Mour va Inter, zo‘r hikoya", - deya yozib qoldirdi Fayziyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar