12:17 / 25.01.2022
1 055

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi yig‘iniga legionerlar kelib qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi yig‘iniga legionerlar kelib qo‘shildi
Foto: O‘FA matbuot xizmati
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi mashg‘ulot yig‘iniga legionerlar kelib qo‘shildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining yozishicha, 24 yanvardan OFK kalendariga muvofiq Osiyoda terma jamoalar uchun FIFA kunlari boshlangan. Shu sababli, terma jamoa yig‘iniga legioner futbolchilar kelib qo‘shilishni boshlagan. Xususan, 25 yanvar kuni Ibrohimxalil Yo‘ldoshev («Nijniy Novgorod», Rossiya), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Aziz G‘aniyev («Shabab al-Ahli», BAA), Jaloliddin Masharipov («An-Nasr, Saudiya Arabistoni»), Shahboz Umarov (BATE, Belarus) va Eldor Shomurodov («Roma», Italiya) milliy terma jamoa ixtiyoriga yetib kelgan.

Abror Ismoilov esa tizzasidan olgan yengil jarohati sabab shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra muddatidan oldin terma jamoa yig‘inini tark etgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bormoqda, mazkur yig‘in doirasida Srechko Katanes shogirdlari 23 yanvar kuni BAAning «Al-Vahda» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, 1 fevral kuni Yangi Zelandiyaga bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi yig‘iniga legionerlar kelib qo‘shildi