
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini La Ligada davom ettiradi. "Sevilya" futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 26 yoshli fransiyalik hujumchi ushbu mavsum oxirigacha "Sevilya"da ijara asosida o‘ynaydi.
Ushbu xabar yuzasidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida fikr bildirdi.
- Antoni Marsyal rasman "Manchester Yunayted"dan "Sevilya"ga mavsum oxirigacha ijaraga o‘tdi. 26 yoshli fransiyalik hujumchi uchun Andalusiya klubi 5 mln yevro to‘laydi. Marsyal 22-raqamni tanladi.
Xabarlarga ko‘ra, Antoni Angliyaning bir qator klublarining takliflarini rad etib, "Sevilya"ga o‘tmoqchi bo‘lgan. Bu klub sport direktori Ramon Monchi effekti.
Antoni bu mavsum APLda 8 o‘yinda 1 dona gol urdi. Zaxira futbolchisi darajasida edi. "Sevilya" esa "Real" bilan chempionlik poygasida saviyali futbolchilarga muhtoj. Orada bu jamoa bir Shomurodovga ham qiziqayotgani haqida xabar chiqqandi, - dedi Davron Fayziyev.
Antoni MarsyalSevilya futbolchisiManchester YunaytedDavron FayziyevIjara asosidaLa Liga O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar