date

Marcus Rashford Barselonadagi kelajagi haqida: Men sehrgar emasman

Marcus Rashford Barselonadagi kelajagi haqida: Men sehrgar emasman

Marcus Rashford Barselona safida La Liga chempionligini qo‘lga kiritganiga qaramay, o‘zining kelajagi borasida noaniqlik saqlanib qolayotganini tan oldi. Manchester Yunayteddan ijaraga olingan hujumchi Real Madridga qarshi kechgan El Klasikoda ajoyib jarima zarbasi evaziga gol urib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu gol 2012-yildan buyon Barselona safida El Klasikoda jarima zarbasidan gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Rashford o‘sha vaziyatda dastlab zarba berish niyati bo‘lmaganini, biroq jamoadoshlarining talabi bilan tavakkal qilganini ta’kidladi. Hansi Flick qo‘l ostida 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan ingliz futbolchisi Ispaniyadagi faoliyatidan juda mamnun.

Biroq, Barselonaning moliyaviy ahvoli va futbolchining yuqori maoshi transferni amalga oshirishda to‘siq bo‘lishi mumkin. Rashford kelajagi haqidagi savolga javob berar ekan: "Men sehrgar emasman, agar shunday bo‘lganimda, albatta qolardim. Hozircha kutamiz", deya javob qaytardi.

Manchester Yunayted esa futbolchini tarkibga qaytarish niyatida emas. Klub rahbariyati Rashfordning maoshini byudjetdan chiqarib tashlashni istamoqda va u yozda boshqa klubga sotib yuborilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marcus Rashford Barselonadagi kelajagi haqida: Men sehrgar emasman