Foto: «Qizilqum»
Nikola Lazarevich «Qizilqum» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
44 yoshli serbiyalik mutaxassis bilan necha yillik shartnoma imzolangani haqida ma’lumot berilmagan. U bu lavozimda 2021 yilda jamoani boshqargan Hamidjon Aktamovning o‘rnini egallaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Aktamov endilikda klub direktori sifatida faoliyat yuritadi.
Lazarevich faoliyati davomida Tojikiston Kubogi va chempionligini qo‘lga kiritgan, Serbiya yoshlar terma jamoasi va Tojikiston terma jamoasida yordamchi murabbiy vazifasida ishlagan. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tojikiston, Xitoy hamda Liviya klublarida bosh murabbiy bo‘lgan.
Nikola Lazarevichning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining «Al-Taavun» jamoasi bo‘ldi.
Shuningdek, klub Oleg Zoteyev bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. 33 yoshli himoyachi yangi mavsumni navoiyliklar safida boshlaydi. «Qizilqum» Zoteyevning shartnoma muddati haqida ham hech nima demagan.
Zoteyev faoliyati davomida «OKMK», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Chonnam Dragons» (Janubiy Koreya) kabi klublarda faoliyat yuritgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar