
Afrika Millatlar kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Gambiya - Kamerun uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda nominal mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yindagi 2 golga ham ”Lion” futbolchisi Karl Toko Ekambi mualliflik qildi.
Shu tariqa, musobaqa mezbonlari Kamerun yarim finalga yo‘l olgan ilk jamoa bo‘ldi. Gambiya esa chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.
Gambiya – Kamerun 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 50 Toko-Ekambi, 0:2 – 57 Toko-Ekambi.
Kecha mezbonlar Gambiyaning mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, Burkina-Fason TJ Tunisni minimal hisobda yutgan holda keyingi bosqichga chiqdi.
Burkina-Faso – Tunis 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Uattara.
Shunday qilib, 1/2 finalning ilk juftligi Kamerun – Burkina-Faso bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar