Tennis bo‘yicha Australian Open musobaqasining finali 30 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi turnirning hal qiluvchi o‘yinida Rafael Nadal va Daniil Medvedev o‘zaro to‘qnash keldi.
Final 5 soat-u 28 daqiqa davom etdi. Dastlabki setni rossiyalik sportchi osonlik bilan o‘z foydasiga hal qildi (6:2). Ikkinchi set taybrekka qadar yetib bordi va unda ham Medvedevga omad kulib boqdi (7:6).
Keyingi ikki setni ispaniyalik raketkachi 6:4 hisoblari bilan o‘z tomoniga og‘dirdi. Hal qiluvchi beshinchi setda Nadal 7:5 hisobida ustun keldi.
Shu tariqa Nadal ikkinchi marta ushbu musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Rafa 2009 yilda ham Australian Open’da g‘olib chiqqandi. Bu Nadal uchun «Ulkan toj» turkumidagi musobaqalar doirasidagi 21-sovrin bo‘ldi. Bu borada ispan Rojer Federer va Novak Jokovichni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, jahonning ayni vaqtdagi birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich musobaqa boshlanishi arafasida vaksinatsiya bilan bog‘liq mojaro sabab Avstraliyadan deportatsiya qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar