
Chernogoriyalik futbolchi Oliver Sharkich Toshkentning "Paxtakor" klubiga o‘tish arafasida turibdi. 24 yoshli markaziy hujumchining oxirgi jamoasi Angliyaning "Blekpul" klubi hisoblanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkin agentga aylangan futbolchi ertaga Istanbuldan yetib keladi hamda "sherlar" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, forvardning agentligi "Unique Sports Group" bevosita Ris Jeyms, Aaron Uan-Bissaka, Xakan Chalxanoglu, Matias Ginter kabi taniqli o‘yinchilar bilan hamkorlik qiladi.
PaxtakorOliver SharkichChernogoriya FutbolchisiIstanbuldan KeladiErkin AgentUnique Sports Group O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar