JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalar soni 15 taga yetdi

JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalar soni 15 taga yetdi
JCH-2022 saralashi Osiyo mintaqasi 3-raundi doirasida Suriya ustidan g‘alaba qozongan Janubiy Koreya terma jamoasi ham muddatidan oldin mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Aytish kerakki, Janubiya Koreya Osiyo qit’asida Erondan so‘ng JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikkinchi terma jamoa bo‘ldi (mezbon Qatardan tashqari).

Shu tariqa dunyoda JCH-2022 yo‘llanmasini naqd qilgan terma jamoalar soni 15 taga yetdi.

1.Qatar (mezbon)
2.Germaniya
3.Daniya
4.Braziliya
5.Belgiya
6.Fransiya
7.Xorvatiya
8.Ispaniya
9.Serbiya
10.Shveytsariya
11.Angliya
12.Niderlandiya
13.Argentina
14.Eron
15.Janubiy Koreya

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar