
Kecha Afrika Millatlar kubogi yarim finaldan o‘rin olgan Kamerun - Misr jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tgandi. Unda "ehromlar yurti" vakillari penaltilar seriyasidagi 3:1 hisobidagi natijadan so‘ng g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Antoniu Konseysau o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jamoa butun o‘yin davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Gol urish uchun tinmay harakat qildik, ammo uddalay olmadik. Biz 27 million kamerunliklar singari qayg‘udamiz. Lekin bu haqiqat va uni qabul qilishimiz kerak.
Birinchi bo‘lim shiddatli va voqealarga boy bo‘ldi. Biz qo‘shimcha bo‘limlar uchun kuch tejashga harakat qildik. Biroq yakunda bu biz uchun foyda keltirmadi", - deydi mutaxassis.
KamerunMisrAfrika Millatlar KubogiBosh MurabbiyPenalti SeriyasiUchrashuv Natijasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar