Foto: championat.asia
Yangi mavsumga Turkiyada taraddud ko‘rayotgan "Nasaf" Rossiyaning "Volgar" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashdi.
Birinchi taymda Husniddin Aliqulov penaltidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi taymning 57-daqiqasida esa rossiyaliklar Mark Polushinning goli evaziga hisobni ochishdi.
Shundan so‘ng "Nasaf" murabbiylar shtabi bir nechta o‘zgarishlarga qo‘l urdi va bu samara keltirdi. Husayn Norchayev raqiblar darvozasiga 2 ta to‘p kiritib, irodali g‘alabani ta’minladi.
"Nasaf" – "Volgar" 2:1
Gol urilmagan penalti: Husniddin Aliqulov (darvozabon)
Gollar: Husayn Norchayev (2 ta) – Mark Polushin.
"Nasaf":Azamat Soyibov (Abduvohid Ne’matov), Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Asliddin Tursunpo‘latov (Umar Eshmurodov), Bahrom Abdurahimov, Murodbek Rahmatov, Suhrob Nurulloyev, Sardor Sa’dullayev (Ivan Solovyov), Zafarmurod Abdurahmatov, Shahzod Akramov (Sherzod Nasrullayev), Aziz Xolmurodov (Husayn Norchayev).
"Volgar": Dmitriy Saganovich, Maksim Tyulin, Nikita Pechenkin, Yelisey Krivoxijin, Aleksey Bayev, Viktor Demyanov, Aleksey Pavlishin, Aleksandr Butenko, Mark Polushin, Dmitriy Lesnikov, Artyom Simonyan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi